Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Sen baxtli bo‘lishga yaralding ishon

Sen baxtli bo‘lishga yaralding ishon

Sen baxtli bo‘lishga yaralding ishon
Sen baxtli bo‘lishga yaralding ishon,
Baxt deya porladi, sening ko‘zlaring.
Seni baxt saodat ayladi nishon,
Sevinchdan so‘zlamoq uchun so‘zlaring.

Sen baxtli bo‘lishga yaralding ishon,
Quvonchdir diydangni yoshga to‘ldirgan.
Kunlardan bir kuni jon bersang inon,
Tog‘day baxting senga sig‘may o‘ldirgan...

Sen baxtli bo‘lishga yaralding ishon,
Faqat shuning uchun urar yuraging.
Tangrim - suyar ekan seni begumon,
Ko‘z tegmasin deya undan so‘ragin!

Sen zavol ko‘rmasdan yasha bearmon,
Baxtingdan yashnasin zaminu-zamon.
Seni menday telba sevgani uchun,
Sen baxtli bo‘lishga yaralding ishon.

Sherzod Komil



«Sen baxtli bo‘lishga yaralding ishon»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]