Sensiz men

Sensiz men

Sensiz men
Sensiz men , go'yoki tushga o'xshayman,
Uyg'onsam, lahzada ketaman o'chib,
Qanoti lat yegan qushga o'xshayman,
Dardlarga suyangan, uchishdan cho'chib.

Sensiz men, manzilsiz , uysiz yo'lovchi,
Kezаman siyqa bir qo'shiqni aytib.
Bir mujmal kuymanu, yo'q bir tinglovchi,
Bitta falsh notada yuraman daydib.

Sensiz men yakuni topilmagan she'r,
Arzimay qolaman bir juft ko'zlarga.
O, Tangrim, qo'llagin, o'zing to'zim ber,
So'zlarga yetkazgin , yaxshi so'zlarga.

Sensiz men orzuman ushalmaydigan,
Harchand intilmagin, erishib bo'lmas.
Bir kasal, bemorman tuzalmaydigan,
Netay, bu dard bilan kelishib bo'lmas.

Sensiz bo'g'zim ichra o'tmaydi nafas,
Yolg'iz umidimsan ertangi kunga.
Sensiz yashamoqni ep ko'rmayman, bas,
Sensizlikni ravo ko'rma bugunga.

Yolg'iz umidimsan ertangi kunga...

Abdumutalib Ergashaliyev

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: