Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Sevdim

Sevdim

Sevdim
Sizni bir ko'rdimu, o'zgardim, sezdim,
Kongilda g'alayon qo'zg'aldi , sezdim,
Zerikdim taqdirga ko'nib yashashdan,
Men sizni baxtimdan quvonib sevdim.

Menga quvonch bo'ling, dardlar kerakmas,
Gumonlar, dildagi gardlar kerakmas,
Sizsiz bu yurakka zarblar kerakmas,
Men sizni yurakka inonib sevdim.

Dengizdek sochlarni shamollar o'psa,
Oy chiroy tilanib yo'lingiz to'ssa,
Bu boshdan ming bitta xayollar o'tsa,
Men sizni xayoldan qizg'onib sevdim.

So'z demam, ko'zlarim etgaylar oshkor,
Bunchalar yaratmish sizni betakror?
O'zimni o'ylamoq endi ne darkor?
Ishqning olovida jim yonib sevdim.

Deyman, kelmasin hech sizga malolim,
Qaniydi, bo'lsangiz jufti halolim,
Ey jonijahonim, ey yo'g'u borim!
Men sizni Tangrimga ishonib sevdim.

Abdumutalib Ergashaliyev



«Sevdim»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]