Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Sevdim, Sevayapman, Hanuz sevaman

Sevdim, Sevayapman, Hanuz sevaman

Sevdim, Sevayapman, Hanuz sevaman
Sen - sevib ko'rmagan dilsiz, yuraksiz!
Men - shu yuraksizni afsus sevaman.
Sen - menga keraksan. Men-chi, keraksiz!
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

Bildim, yuraklarni titrog'i sevgi!
Baxt degan daraxtning yaprog'i sevgi!
Hattoki jondan ham ko'prog'i sevgi!
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

Sen - jafo bog'ida qo'l tegmagan gul.
Men - vafo bog'ida gul ko'rmagan qo'l
Men - bir xayolparast! Sen - ertakka yo'l
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

Balki taqdirimning azalisan sen.
Solihning bitmagan g'azalisan sen.
Olamning eng go'zal, go'zalisan sen.
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

Sen - o'zgaga ko'ngil bermas, bir malak.
Men - esa ishqingda jonsiz, jonhalak.
Eng telba oshig'ing men bo'lsam kerak.
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

Solih Sulton



«Sevdim, Sevayapman, Hanuz sevaman»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]