Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Sevgim

Sevgim

Sevgim
Baxtimdan masrurman
Shodman begumon.
Sevganim yonimda
Yo'q qalbda armon.

Farhod Shirinlardek
Yashaymiz yonib.
Layli Majnunlardek
Ishqdan quvonib.

Sevaman samodek
Cheksizdir mehrim.
Sevaman ummondek
Toshqindir ko'nglim.

Sayr etib ishq bog'in
Sog'inib har kun.
Vasliga mushtoqdir
Tunlarim uzun.

Shodlik sohilidan
Topgan gavharim.
Umrim ham sen uchun
Sen uchun borim.

Sevaman samodek
Cheksizdir mehrim.
Sevaman ummondek
Toshqindir ko'nglim.

Qo'limdan tut mahkam
Qo'yib yuborma.
Qalbingda asragin
Hech kimga berma.

Hayotdan topganim
Go'zal ko'zlaring.
Hech kimda uchramas
Sening so'zlaring!

Muallif: Mirxalilova Shaxnoza



«Sevgim»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]