Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Sevib qolsangiz

Sevib qolsangiz

Ko'nglingizni so'rab olardim,
Olib kelgan gulim olsangiz.
Ishoning men baxtli bo'lardim,
Agar meni sevib qolsangiz.

Baxtlilardan baxtli qilardim,
Hayotimga kirib kelsangiz.
Qo'lingizdan mahkam tutardim,
Agar meni sevib qolsangiz.

Baxt uzugin tanlab olardim,
Yuragimga umid bersangiz.
Dunyolarga sig'may qolardim,
Agar meni sevib qolsangiz.

Baxt qasriga olib borardim,
Bir jilmayib kulib qo'ysangiz.
Dardingizni doyim olardim,
Agar meni sevib qolsangiz.

Men sevgida axtli bo'lardim,
Sevgi cho'g'in qalbga solsangiz.
Ishoning men baxtli bo'lardim
Agar meni sevib qolsangiz.

Muallif: Qodir Qaxxor



«Sevib qolsangiz»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]