Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Suymaganga dil berma (2019)

Suymaganga dil berma (2019)

Suymagan yor ishqida, kuymagin buncha,
Tashlab ketar istasa, mayli so'lguncha.
Umid bilan yashaysan, qadring bilguncha,
Termulasan yo'liga ko'zing tolguncha.

G'ururingni sindirma, bevafoga bosh egib,
Va'dasi ko'p ishonma, armon tubiga cho'kib.
Qalbing to'rini tutma, bag'rida issiz yonib,
Qanotsiz pavoz etma , sarob hayolga cho'mib.

Baxting yulduzdek chaqnab, kutar visol bog'ida,
O'chmas otashdek cho'lg'ab, yashnar sevgi kuyida.
Ko'ngil bermay sog'inib, kutar vasling shayida,
Muhabbatning asli bor, chin taqdirning poyida



«Suymaganga dil berma (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]