Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor

Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor

Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor
Kim muhabbat ko‘chasida yurar erkin,
Kimlar baxtli, yana kimdir qalbi bedor.
Kulib, kulib turadiyu ammo, lekin.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Armonlari yashiringan kulguchida.
Dardlarini olib yurar baxt ichida.
Taqdirga sevaman deb til uchida.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Alamlarning og‘ushida ishqi o‘lgan.
Bu dunyoda hijron bilan ko‘ngli to‘lgan.
Chinda o‘zga, tushlarida o‘zga bo'lgan.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Sog‘inch bilan ko‘ngillarin hushlaguvchi.
Har kun bir bor ko‘zlarini yoshlaguvchi.
Ota ona rizosi deb yashaguvchi.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Omadlari kelmagandek ishq bog'ida,
Diydorlari unit o‘zga firog‘ida.
O‘zgasini sevib, o‘zga quchog'ida.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Ne qilmasin istagiga yetolmagan.
Ikki o‘tda qololmagan ketolmagan.
Sevgisi deb dunyolardan kecholmagan.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Odilbek Qodirov



«Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]