U ketdi Qoldirib tun bag‘rida sevgining ming dardida Butun umrga meni tark etdi u ketdi
Sevgisiga ishonganim mening asli xatoyim Mayli baridan kechdim bahli bo‘lsin iloyim Bugun uni so‘ngi bor kuzataman uzoqdan Bir kun kelib qutilarman bu azobli qiynoqdan
Unitishga urinaman ilk bor uchratgan kuni Ayblashga haqqim yuq buning uchun hech kimni Hammasiga sababchi bilaman men o‘zimni Qaydan uni ko‘rding deya ayiblayman ko‘zimni
Balki meni sehirlagan uning shirin so‘zlari O‘ziga rom etib qo‘ygan qora uzun sochlari Ammo o‘zga bilan bugun bo‘layapti to‘ylari Faqat unga bag‘ishlanar qo‘shig‘imning kuylari
Tunlar shirin xayollarda osmonlarda uchardim Undan olis ketganimda suratiga qarardim Sog‘inchlarda yonib har kun visol onin kutardim Ba‘zan uning chiroyiga atab sherlar bitardim
Sevolmadi mendayin bir oshiqu devonani Alam to‘ldirib ichimga tanladi begonani Sevar edim rostanam o‘zgalardan qizg‘onib Xatoga yo‘l qo‘yibman unga qattiq ishonib
Mayli taqdir shu ekan sho‘r ekanda peshonam Unga torlik qilibdi oddiygina koshonam Bizga ham atagani bordir axir hayotni Endi kechirolmayman bundayin xiyonatni
Barcha suratlatringni telefondan o‘chirdim Yurakdagi ismingni karzinkaga ko‘chirdim Qachongacha borarkan o‘sha topgan xushtoring Bir kun azob beradi qiynaladi vijdoning
Muallif: Abdulla Murodulla
«U ketdi»
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]