Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Unutdim (2019)

Unutdim (2019)

Unutdim deymanu hayol parishon,
Kunu-tun o'ylayman isming takrorlab.
Ayriliq azobi bunchalar yomon,
Ustimdan shavqatsiz kulmasa xo'rlab.

Tuyg'ular aylanib qiynaydi hamon,
Qalbimni beayov o'rtaydi firoq.
Muhabbat otashi chorlar sen tamon,
Alamlar tug'yoni qo'ymaydi biroq.

Intiqqan ko'zimdan oqar duv-duv yosh,
Xasta yuragimga sig'mas na quvonch.
Dardimdan yorilar xatto harsang tosh,
Vujudimni zorlatib, qaqshatar o'kinch.

Eslayman beg'ubor kunlarni yig'lab,
Orzular og'ushida yonggan dillarni.
Ko'ngillarni ishqimiz turardi bog'lab,
Poyimizga to'shalgan chaman gullarni.

Xijronga ko'nishdan o'zga choram yo'q,
Netaman yo'q baxtni bexuda izlab.
Bevafo yorimning nechun ko'ngli to'q,
Balkim tor yuragi qolgandir muzlab.



«Unutdim (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]