Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.
Dardlarimni devorlarga so`ylaymi,
Qo`shiqlarim osmonlarga kuylaymi,
Gar qaytmasang o`zga yorni o`ylaymi,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Sog`inaman bu umrim qiynoq endi,
Oqshomlari hamrohim firoq endi,
Yolg`iz qoldim suyganim yiroq endi,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Sen kelmading hijron zahrin ichdim man,
Oyni o`pib yulduzlarni quchdim man,
Seni o`ylab bu dunyodan kechdim man,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Menga qarab do`stlarim hayron bo'lar,
Gunohim ne yuragim vayron bo`lar,
Nahot endi visoling armon bo`lar,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Aybim yo`qdir, o`zim izlab bormadim,
Eslamading men ham eslab bormadim,
Ahad dedim tanim muzlab bormadim,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Dardlarimni devorlarga so`ylaymi,
Qo`shiqlarim osmonlarga kuylaymi,
Gar qaytmasang o`zga yorni o`ylaymi,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o`tdi kelmading.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: