Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Xato

Xato

Xato
Oshiq bo'lib men seni sevdim!
Dilginamga ish sarob bo'ldi.
Oqibatin o'ylamay, sevdim!
Mukofoti ming azob bo'ldi.

Bag'iahladim, senga umrimni,
Sen-chi?! Menga ayt, nima berding?!
Bir umrlik muhabbatimni,
Qabrgamas, qalbimga ko'mding!

Ne yomonlik qilgandim axir,
Xatoyimni tushuntir menga,
Yo'ldan urib qaysi toshbag'ir,
Oh negayam! Ishondim senga!

Hammasiga men o'zim aybdor,
Ayblarimni yuvib bo'lmaydi.
Ko'ksimda bir injiq yurak bor,
Seni undan quvib bo'lmaydi!

Toki hayot ekanman, afsus,
Bu yurakdan sira chiqmaysan.
O'n sakkiz ming olamda, yolg'iz,
Undan boshqa joyga sig'maysan!

Chunki seni jonidan ziyod,
Asraguvchi, ko'rguvchi bitta,
Ne sinovga solmasin hayot,
Doim seni sevguvchi bitta,

Buni o'zing bilarsan, ammo,
Negadur tan olging kelmaydi.
Balki sevib qilganman xato,
Endi uni yuvib bo'lmaydi.

Kech bo'lsa-da tushunib yetdim.
Hech kimsaga yurak bermayman.
Sevgi degan so'zni unutdim.
Endi o'zim uchun yashayman!

Muallif: Bekzod Joniyev



«Xato»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]