Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Xayrlashuv

Xayrlashuv

Xayrlashuv
Meni qo‘yavering mayliga,
O‘zingizni o‘ylang shunchaki.
Quloq osing ko‘ngil mayliga,
Toshyurakka aylaning yoki.

Xafamasman sizdan zarra ham,
O‘zingizni aybdor bilmang.
Bir chekkada yig‘lab olsam ham,
Ovutmang, hech e’tibor qilmang.

Yo‘l xaltangiz ostonada shay,
Taxt qilganman hamma narsani.
O‘zim tutsam beparvo atay,
Nigohimdan izlamang ma’ni.

Tez-tez og‘rib turar boshingiz,
Joylab qo‘ydim dori-darmonni.
Bir kun bossa afsus toshingiz,
Sira aytmang u choq armonni.

Kalitingiz unutgan kabi,
Meni ham jo‘n unuting, oson.
Yolg‘izlikning ulug‘ matlabi,
Sizga yo‘ldosh, bo‘lmang pushaymon.

Yuragimga imzo qo‘ysangiz,
Bermayman deb, unga bas ozor.
Bir kun hammasidan to‘ysangiz,
Qayta ko‘rmang yonimga zinhor.

Tanlovingiz hal bo‘ldi oson,
Baxtli yashang, toping chin huzur.
Sizda ayb yo‘q, siz bekam inson,
Bizdan o‘tdi, bariga uzr.

Dilobar Uralova



«Xayrlashuv»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]