Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Yigirma yil

Yigirma yil

Yigirma yil
Yigirma yil yashab, oy jamolingni,
Ko'zlab borganimni sezmading-ku, sen!
Gullardan-da xarir, gul visolingni,
Izlab borganimni sezmading-ku, sen!

Ko'z tushib nogahon qaroqlaringga,
Bog'ladim o'zimni dudoqlaringga,
Arzim aytmoq bo'lib quloqlaringga,
So'zlab borganimni sezmading-ku, sen!

Shamol bo'lib kelding, yel bo'lib kelding,
Yomg'ir bo'lib kelding, sel bo'lib kelding,
Yomg'irda ochilgan gul bo'lib kelding:
Bo'zlab borganimni sezmading-ku, sen!

Sensiz yuragim ham yirtiq bir mato,
Tangri seni menga qilgandi ato,
Seni, sen deyishga iymanib hatto,
Sizlab borganimni sezmading-ku, sen!

Muallif: Bekzod Sulton



«Yigirma yil»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]