Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Yodimga tushaverasan

Yodimga tushaverasan

Yodimga tushaverasan
U damlar o‘tmishda qolgan bo‘lsa ham
Sevgimiz uchquni so‘ngan bo‘lsa ham
Yuragim armondan kuygan bo‘lsa ham
Baribir yodimga tushaverasan

Orzular dunyosin tikonlar bosdi
Biz yurgan yo‘llarni xazonlar bosdi
Sog‘indim men seni sog‘indim rosti
Baribir yodimga tushaverasan

O‘shal paytlarimga qaytgim keladi
Bolaligim esga solaverasan
Yana gulim deya aytgim keladi
Baribir yodimga tushaverasan

Sen bugun o‘zganing jufti haloli
Boshqa bir insoning sevgan dildori
Meni qiynaganda sog‘inch xumori
Ilk sevgim yodimga tushaverasan

Ba‘zida ko‘raman seni tushimda
Qaytganday bo‘laman bahtning qasriga
Xech narsa o‘xshamas to‘g‘ri asliga
Sen mening yodimga tushaverasan

Taqdirning ishlari doyim shunaqa
Azob berib kelar ikki yuarakka
Sevgilim qismat shu bo‘lmadik birga
Sen hamon yodimga tushaverasan

Muallif: Abdulla Murodulla



«Yodimga tushaverasan»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]