Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Yomg'ir (new 2019)

Yomg'ir (new 2019)

Yomg'irlarda dil yozib , sayrida yurganmisiz?
Tomchi durdek yog'ishin kuzatib turganmisiz?
Barcha yumushin tashlab, qocharlar pana tomon,
Shivir- shivirlab yomg'ir tinmay yog'adi hamon.

Usti-boshim jiqqa ho'l, ketaman aytib qo'shiq,
Bu olamda go'yoki mendan bo'lak hech kim yo'q.
Osmondagi gumbirlar dilimga huzur aylar,
Charsillagan ovozi, tangga quvonchni boylar.

Maysalar-u daraxtlar seni orzuqib kutar,
Chanqoqlarin qondirib behad rahmatlar aytar.
Ey do'stim, shoshilmagin, tashlagin soyaboning,
Shaffof bag'rida o'yna, aritgin g'uborlaring.

Yusupova Zulfiya.



«Yomg'ir (new 2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]