Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Yoningga g‘ururim otib borama

Yoningga g‘ururim otib borama

Yoningga g‘ururim otib borama
Bir kuni sabrlar sel bo‘lib toshar
Bir kuni soatlar yel kabi shoshar..
Bir kuni sog‘inchlar haddidan oshar
Yoningga g‘ururim otib boraman!

Bir kuni izzatim izimda qolib
Bir kuni hurmatim o‘zidan tolib..
Bir kuni qasamim, qasdidan tonib
Yoningga qadrimni sotib boraman!

Bir kuni gullaydi bahor uyimda
Bir kuni gullaydi baxtlar o‘yimda..
Bir kuni yengilgan sevgi to‘yimda
Umrimga oq libos kiyib boraman!

Bir kuni qadahlar yana to‘qnashar
Bir kuni g‘animlar so‘zsiz, sirlashar..
Bir kuni ko‘nglimga kimsa yonlashar
Dam-badam o‘zimdan cho‘chib boraman!

Bir kuni paymonam, poyimga to‘lar
Bir kuni ichimda she’rlarim so‘nar..
Bir kuni boshimga osmonlar qular
Yoningga qush kabi uchib boraman!

Bir kun ostun ustun qilib borini
Bir kuni silkitib dayr dorini..
Bir kuni orqalab xijron konini
Yoningga og‘ular ichib boraman!

Bir kun Gulnozadan ketar matonat
So‘ngra yashashdan ham sovib boraman..
Tashrifimdan cho‘chib, qo‘rqma.. yetar bas!
Borsam ham Xudodan so‘rab boraman!

Gulnoza Alimjonova



«Yoningga g‘ururim otib borama»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]