Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Yur

Yur

Yur
Yur, ketamiz qayg'usi yo'q tomonlarga.
Shodliklarga to'lgan kuyni bor etamiz.
Yuragimiz yedirmasdan yomonlarga.
Ozori yo'q dunyolarga yur, ketamiz.

Yur, gullardan xalinchak yasab uchamiz.
Shudring to'lgan o'tloqlarda yalang oyoq.
G'am-tashvishni unutamiz, voz kechamiz.
Turishibdi quvonchlar ham bizga mushtoq.

Yur, bog'larga shodlanamiz, gullar terib,
Xech qaerda yo'q bir navo yaratamiz.
O'chiramiz lug'atlardan dard so'zini.
Olamlarga baxt epkinin taratamiz.

Yur, omonat o'tkinchi bu umrimizni.
Qayg'ugamas, ishqqa ko'mib yashash uchun.
Yaxshilikka burkab, ongu-shuurimizni.
Baxtlimiz deb aytolamiz ishon bugun.

Dilobar Uralova



«Yur»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]