Popup

Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Yuragingda bahor mujassam

Yuragingda bahor mujassam

Yuragingda bahor mujassam
Yuragingda bahor mujassam!
Nigohingda chaqnaydi yulduz.
Faqatgina men bo'lsaydim shu:
Yuragingda yagona, yolg'iz!

Ko'zlaringda yashasaydim men.
So'zlaringda yashasaydim men.
Ulg'aysaydim nigohlaringda,
Yuragingda yashasaydim men.

Ikki qoshing - ikkita irmoq,
Ikkisi ham mening qanotim.
Xayotimga kirgan kuningdan,
Boshlangandi mening hayotim.

Mensiz o'tgan shu hayotingga,
Kirmagangga o'xshaydi sevgi!
Hatto seni borligingni ham,
Bilmagangga o'xshaydi sevgi!

Sen bilmagan o'shal sevgini,
Yuragingga joylamoqchiman.
Dilginangga oshiq dilimni,
Abadiyga boylamoqchiman.

Men sen bilan qarimoqchiman,
Bahoringga bo'lsaydim sherik.
Sen bilmaysan mushtiparginam,
Telba Bekzod sen bilan tirik!

Muallif: Bekzod Sulton



«Yuragingda bahor mujassam»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]