O'zbekistonim haqida sher 2021

O'zbekistonim haqida sher 2021

O'zbekistonim haqida sher 2021
Xushbo'y ifor sochar chaman-gulzoring,
Madhingni kuylagay jilg'a, anxoring,
Ko'zlarim quvnatar moviy osmoning,
Ta'rifing aytmoqqa ojiz zabonim,
Tangrim nazar qilgan O'zbekistonim!

To'rt fasling bahormi, sequyosh o'lkam?
Shaffof havolaring to'ldirar o'pkam,
Siyrating o'ktamdir, savlating ko'rkam,
Tabiat siylagan jannatmakonim,
Tangrim nazar qilgan O'zbekistonim!

Beshigim tebratgan Onamsan o'zing,
Boshimda parvona Otamsan o'zing,
Bunchalar sahiysan, xotamsan o'zing,
Ravnaqing yo'lida berayin borim,
Tangrim nazar qilgan O'zbekistonim!

Buyuk ajdodlardan merosimdirsan,
Ko'nglim ardog'ida, e'zozimdirsan,
Yuksakka chorlagan parvozimdirsan,
Dovrug'i bu olam aro dostonim,
Tangrim nazar qilgan O'zbekistonim!

Mehmondo'st el bormi, asli bu eldek?
So'zga no'noqrog'i she'r yozar mendek,
O'ziga bek asli, azaldan o'zbek,
Millatim g'ururim, millatim shonim,
Tangrim nazar qilgan O'zbekistonim!

Abdumutalib Ergashaliyev

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: