Главная » YANGI SHERLAR » 19 Noyabr xalqaro erkaklar bayrami tabrik
19 Noyabr xalqaro erkaklar bayrami tabrik

19 Noyabr xalqaro erkaklar bayrami tabrik

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: 19 Noyabr xalqaro erkaklar bayrami tabrik
  • Дата релиза: 20-11-21, 18:15
19 Noyabr xalqaro erkaklar bayrami tabrik
Ro‘zg‘or kamin yopmoqlik uchun,
Yuguradi, yeladi erkak.
Topganini uyiga tashib,
To‘lib, toshib keladi erkak.

Sovuq o‘tsa suyagigacha,
Chidab, ishlab xo‘rsinar erkak.
Uyga kelib, olovga emas,
Mehringizga isinar erkak.

Bu hayotdan goh tanbeh olib,
Zahrin ichga yutadi erkak.
Ko‘p narsamas, ayoldan faqat,
Bir shirin so‘z kutadi erkak.

Bomdodlarda "g‘aflat bosma" deb,
O‘yg‘otguvchi azondir erkak.
Har bir ishga yechim topolgan,
Adolatli meьzondir erkak.

Tog‘ni talqon qilishga qodir,
Ishq o‘tidan mast bo‘lsa erkak.
Yulduzlardan marjon taqadi,
Muhabbati rost bo‘lsa erkak.

Vatan, nomus, oru-shaьnimiz,
Qo‘riqlovchi g‘ururdir erkak.
Tinchlik borki, sig‘ar ko‘ngilga,
Xursandchilik, sururdir erkak.

"Mehringizdan kuch olamiz" deb,
Ayollarga uqtirar erkak.
Bir shirin so‘z, sevgingiz uchun,
Dunyoni tiz cho‘ktirar erkak.

Gul ayollar! Qancha bo‘lsa ham,
Hurmatlashga loyiqdir erkak.
Xayot bergan eng katta tuhfa,
Katta sovg‘a - tortiqdir erkak.

DILDORA ABDINAZAROVA

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: