Главная » YANGI SHERLAR » Aql va Yurak

Aql va Yurak

AQL VA YURAK

yurak buyurdi-yu aql mustasno,
O'rtaga ishq tushib, ayladi zino.
Tushuna olmadim; qanday bu dunyo
Aql ojiz ekan, ishqning oldida.

Seni asir etgan, ishqqa vafoli
Yonida jon berar, jufti haloli
Afsus anglay olmas, shudir yomoni,
aql ojiz ekan, ishqning oldida.

Necha qurg'on Xarob, yoki omonat,
Jigar o'rtasida, To'siq adovat,
Kelib chiqmoqdadur, Shundan xiyonat,
aql ojiz ekan ishqning oldida.

Sevgi Shumi ayting? bersa ayriliq,
Uni deya qancha qalblarda og'riq.
Sevib sevilmoqlik, yurakka bog'liq
Aql ojiz ekan ishqning oldida.

Tangrim Osiy bandang gunoxin avf et,
Asra o'zing qalbga iymon ato et,
anglasin,
deb yurmasin
bo'lgandan so'ng kech
aql ojiz ekan ishqning oldida...

Xudoyberdi To'ychiyev



«Aql va Yurak»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]