Главная » YANGI SHERLAR » BIRINCHI QOR HAQIDA SHER (2019)

BIRINCHI QOR HAQIDA SHER (2019)

Birinchi qor laylak qor, balki oddiy oppoq qor. Guppillab yog'adiyu qo'lingda usholmaysan, uzoq tikilib qorga xayolsiz turolmaysan.

Xayolingda malika orzu qilganing erka, birga yurging keladi armoning doyim birga. Zorlanasan kelsindeb bir erkalab kulsindeb, so'zlashini xoxlaysan xech bo'lmasa ursindeb.

Oppoq qor yog'averar, bag'ringni tilaverar. Yog'masin deyolmaysan, yorni eslataverar.

Mayli yog'sin laylak qor, mayli ketsin bir dildor. Armonim bo'lsin shu qor, lekin kelmasin dildor.

Doyim bo'lganman xumor, yozganim o'shal dildor. Eslarmikin bir bora, degan xayollar bisyor.



«BIRINCHI QOR HAQIDA SHER (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]