Главная » YANGI SHERLAR » Birovning qo'liga zinxor boqmaydi

Birovning qo'liga zinxor boqmaydi

Birovning qo'liga zinxor boqmaydi,
manfaat yo'lida, nomus sotmaydi.
Mehnatidan topar o'z risqin nonin,
o'zbek farzandini ko'ring kamolin.

Kim ishongan edi kunlar kelibon,
o'zbekning iqboli porloq bo'lmog'in.
Go'zal tarix etar o'tgan xar onin,
o'zbek farzandini ko'ring kamolin.

ollohning nazari tushgan bu o'lka,
qancha orzu gullar qalblarda o'lkan.
Yaxshi niyat qilar, bilmas yomonin,
o'zbek farzandini ko'ring kamolin.

Vatan deya kuyib yonar yurtboshim,
ishonchini oqlang olg'a yurtdoshim,
Xudoyberdi ta'rif, etar zamonin,
o'zbek farzandini ko'ring kamolin.

Muallif: Xudoyberdi To'ychiyev



«Birovning qo'liga zinxor boqmaydi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]