Popup

Главная » YANGI SHERLAR » Bolalik Davrim

Bolalik Davrim

Bolalik Davrim
O‘tdi bolalik davrim qadirdon do‘stlar bilan
G‘am neligin bilmagan sodda tuyg‘ular bilan
Shirin orzular bilan sho‘xu shodon yurardim
Katta hayot tomonga doyimo intilardim

O‘sha payt bilmaganman bunaqa bo‘lishini
Hayotning tashvishlari azoblar berishini
Men qizg‘ongan farishta kulgichlari chiroyli
Bilmaganman sevganim boshqaga tegishini

Biz o‘qigan vaqtlarda telefon ishlatmastik
Tik tok instagramda kunimiz o‘tqazmasdik
Pubg degan bir balo oldinlari yo‘q edi
Sog‘indim hammasini davr qanday zo‘r edi

Ko‘chamizni boshida eski bekat bo‘lardi
Zebi xola yuz sumga o‘nta kanfet berardi
U payt o‘yinlarni jonli real o‘ynardik
Hozirgi vertualdek zaryadka deb yurmastik

Oddiygina va sodda beg‘ubor bola edik
Oq qora ekranlarda multifilm ko‘rardik
Hozirchi chaqaloq ham telefonga talpinadi
Yupilarni ta‘mini bular qaydan biladi

Ha o‘zgardi zamonlar ham o‘zgardi fasllar
Qishda yog‘may qo‘ydiku avvalgidayin qorlar
Biz kutgan u yangi yil hozirchi zerikarli
Hozirgi narsalarni qizig‘i yo‘q aytarli

Radnoylar bilan birga o‘yin o‘ynab yuardik
Tunda orzular qilib yulduzlarga qarardik
Osmonda yulduz uchsa tilaklarni aytardik
Tongda esa maktabga o‘qish tomon shoshardik

Asta sekin ulg‘aydik yosh ham yitdi 14 ga
Mobil aloqalar yitib keldi bizlarga
Qo‘shiq aytsa ularda juda hayron qolardik
Kamerali telefonlarga biz hayratda boqardik

Eh mani bolaligim sho‘xu shodon paytlarim
G‘am tashvishlar bo‘lmagan eng bahtiyor damlarim
Avval boshqacha edi o‘zgachaydi zamonlar
Hozir o‘zgarib ketdi nimagadir odamlar

Muallif:Abdulla Murodulla



«Bolalik Davrim»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]