Bolalikda

Bolalikda

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Bolalikda
  • Дата релиза: 12-12-21, 19:07
Bolalikda
Begʻubor bolalikda,
Dalalarga chiqardik.
Pepsi cola o'rniga,
Biz ariq suv ichardik.

Dalada yeymiz deya,
Non pomidor olardik.
Etagimiz toʻldirib,
Molga o'tni qilardik.

Choʻmilardik zibrda,
Ilon chiqsa qochardik,
Doʻstlar uchun o'sha payt,
Borimizni sochardik,

G'am neligin bilmasdik,
Doyim yurardik shodon.
Eng shirin taom edi,
Daladagi makoron.

Eslasam bolalikni,
Dilga tushar hayajon.
Oʻsha begʻubor yoshlik,
Qaytmas ekan hech qachon.

Ulg'ayib asta sekin,
Qora mexnat qoʻllar kir.
Peshonamiz shoʻr ekan,
Mana boʻldik musofir.

Tag'dirni qarang doʻstlar,
Doyim qolaman hayron.
Ovqatimiz har kuni,
Oʻsha dala makoron.

Bolalikni koʻp eslab,
Ishlaymiz artib terni,
Qodir sen ham ishni qil,
Boʻldi tugatib sherni.

Yoshlikda juralar ham
Oddiy samimiy edi
Real o'yinlar o'ynab
Kunlarim o'tar edi

Loydan uycha qurardik
Aytsam kular do‘stlarga
Ularni alishmasdim
Mobile telefonlarga

Hech narsani o‘ylamay
Faqatgina o‘ynardik
Ammo katta bo‘lishga
Juda ham qiziqardik

Go‘yoki katta bo‘lsak
Hammasi zo‘r bo‘lardi
Har kim o‘zi xohlagan
O‘z ishini qilardi

Mana katta bo‘ldik ham
Boshdan arimaydi g‘am
Hatto vaqt topolmaymiz
Biroz olmoqqayam dam

Ish ish deya o‘tyapti
Qaytmaydigan umrimiz
Asta so‘inib boryapti
Oqibat va mehrimiz

Yig‘ilganda ham goh
Do‘stu juralar bilan
Hammalari ovvora
O‘z tashvishlari bilan

Dildan suhbat qurib hech
O‘tirganim bilmayman
Davrada ham na qilay
Dunyo g‘amin o‘ylayman

Shu bo‘ldimi eh hayot
Yashayapmiz ma‘nosiz
O‘tmishda qolib ketdi
Yoshlik chog‘larim essiz

Sog‘inaman do‘stlarning
Samimiy so‘zlarini
Ko‘rgim kelar sevgimning
Tim qora ko‘zlarini

Sodda hayot oddiylik
Juda ham go‘zal edi
Hozirgi bolalarni
Miyasini telefon yedi

Bugunchi do‘stlarim ham
Musofirda yuribdi
Sog‘insada vatanin
Ro‘zg‘or deya yuribdi

Shumi menga aytinglar
Yoshlikdagi orzular
Rahim qilmadi sira
Bizlarga daydi yillar

Qanday o‘tib ketganin
Bilmayapmiz kunlarni
Ertaga topib bo‘lmas
Eh bugungi damlarni

Muallif: Abdulla Murodulla va Qodir Qaxxor

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: