Главная » YANGI SHERLAR » Dangasalar haqida sher (2019)

Dangasalar haqida sher (2019)

Qarang, mitti chumoli mehnatdan hech tolmaydi,
Quyosh ufqqa botguncha charchoq nima bilmaydi,
Sahardan rizqin izlab, mo'l yurib ter to'kadi,
To'siq-g'ovni mahv etib, maqsad sari ketadi.

Na o'yin, na xordiqqa, vaqtlarini chog'lamas,
Terimsiz sayoq kezib, aslo nomin dog'lamas.
Ishyoqmas-u yalqovlar o'rnak, ibrat olsaydi ,
Katta bo'shliq boshlari chumolichalik bo'lsaydi.

Erinchoq goh maqtanchoq, quloqqa gap kirmaydi,
Oson yo'llarni tanlab, to'g'ri yo’ldan yurmaydi.
Dangasalar hamisha so'ngra boshin qashlaydi,
Omadim kelmaydi deb, ta‘nalarin tashlaydi.

Yumush buyursang shu on, tezda g'oyib bo'ladi,
Qo'lini ursa bormi, olamga jar soladi,
Bilsang mehnat sharafdir, mazasi ham totlidir,
Tekintamoq odamning, nomi yomon otliqdir .
Yusupova Zulfiya



«Dangasalar haqida sher (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]