Главная » YANGI SHERLAR » Dangasalar kambag'al

Dangasalar kambag'al

Rahmim kelar qo'shnimga,
Ichi to'la dard, alam.
Sherik bo'lay oshnamga,
Ko'nglin qilib hotirjam.

Der" ro'zg'orim hech to'lmas,
Na bor tinchlik na quvonch.
So'zimga quloq solmas,
Borin qilishar talonch.

Bir hovlida beshta jon,
Ishlaydigan yo'q odam.
Dag'malardan bag'rim qon,
Janjallardan yo'q orom.

Gard yuqmas , tetik bardam,
O'zin bemordek tutar.
Ishtaxa karnay har on,
Xafv solmoqda shu xatar.

Ta'nasi olam buzar,
Mehnatdan qochar ildam.
Nafsi dunyoni to'zar,
O'zgadan kutar yordam"

Bo'lmay desang kambag'al,
Ishlagin risqing unar.
Dangasalar kambag'al,
Kasridan qaddi sinar.



«Dangasalar kambag'al»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]