Главная » YANGI SHERLAR » Dardi borlar sabrli bo'lsin
Dardi borlar sabrli bo'lsin

Dardi borlar sabrli bo'lsin

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Dardi borlar sabrli bo'lsin
  • Дата релиза: 13-06-18, 23:03
Dardi borlar sabrli bo'lsin
Bu dunyo o'tkinchi, bu dunyo bir kam,
Kimnidir baxt yuqlar, kimni esa g'am.
Kim hayotdan shodon, kimning ko'zi nam,
Baxti borlar shukrli bo'lsin,
Dardi borlar sabrli bo'lsin.

Kim baland cho'qqini pastga almashar,
Tilladay baxtini xasga almashar.
Dushmanni bir sodiq do'stga almashar,
Baxti borlar shukrli bo'lsin,
Dardi borlar sabrli bo'lsin.

Yo'qchilikda burda nonni qadr etib,
Tuz ham totmay, qaro kunga sabr etib.
Omad kelsa, yaqinlarga jabr etib,
Baxti borlar shukrli bo'lsin,
Dardi borlar sabrli bo'lsin.

Noshukurlik boshga bir kun ofat solar,
Noshukurlik el ichra oh, rasvo qilar.
Noshukurlik shaytoniylik paydo qilar,
Baxti borlar shukrli bo'lsin,
Dardi borlar sabrli bo'lsin.

Ash'or bitib Ahad ayt neni izlar,
Faqat yaxshilikni u sizga ko'zlar.
To'g'ri yo'ldan adashmaylik aslo do'stlar,
Baxti borlar shukrli bo'lsin,
Dardi borlar sabrli bo'lsin.

Bu dunyo o'tkinchi, bu dunyo bir kam,
Kimnidir baxt yuqlar, kimni esa g'am.
Kim hayotdan shodon, kimning ko'zi nam,
Baxti borlar shukrli bo'lsin,
Dardi borlar sabrli bo'lsin.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: