Popup

Главная » YANGI SHERLAR » Do‘stim (do'st haqida yangi 2021 sher)

Do‘stim (do'st haqida yangi 2021 sher)

Do‘stim (do'st haqida yangi 2021 sher)
Qo‘l uzatsang qo‘lin bermagan
Seni nazariga ilmagan
Faqat o‘zin o‘zin o‘ylagan
Insonlardan ranjima do‘stim

Dunyo shunday dunyo bevafo
Boshga tushar ming dardu balo
Og‘ir kuningda tashlab ketgan
Soxtalardan ranjima do‘stim

Puling bo‘lsa yoningda yurgan
Faqat sizni sevaman degan
Bugun boshqa bo‘ynidan quchgan
Suluvlardan ranjima do‘stim

Bahting kulsa havolanmagin
Boylik topib kibirlanmagin
Kimligingni unutmagin xech
Bu o‘tkinchi dunyodir do‘stim

Gunohlarning javoblari bor
Yaxshilikning savoblari bor
Yaxshi yomon amallaringni
Olloh ko‘rib turibdi do‘stim

Muallif:Abdulla Murodulla



«Do‘stim (do'st haqida yangi 2021 sher)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]