Popup

Главная » YANGI SHERLAR » Duo olganlardan, duo ol bolam

Duo olganlardan, duo ol bolam

Duo olganlardan, duo ol bolam
Do’stlar musibatda yoningga kelmas
Yoring azoblaring dildan his qilmas
Olami boqiyda hech tengi bo’lmas
Duo olganlardan, duo ol bolam"¦

Dunyoning tashvishi ado bo’lmaydi
Hech kimsa sen uchun fido bo’lmaydi
Duo olgan shoxki gado bo’lmaydi
Duo olganlardan duo ol bolam"¦

Fano hammamizga azaliy qismat
Kimga mansab kerak, kimgadir hurmat
Qonimiz jon emas, jondir ohirat
Duo olganlardan duo ol bolam"¦

Yaqinlar omonat, oshno omonat
Omonatga also etma xiyonat
Ziyoni ulashib yashash matonat
Duo olganlardan duo ol bolam"¦

Yaxshilik boshingda yarqiragan toj
Yomondan saqlangin, yomonlikdan qoch
Allohdan ezgulik so’rab qo’lni och
Duo olganlardan duo ol bolam"¦
"Xolislik sari" dasturidan



«Duo olganlardan, duo ol bolam»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]