Главная » YANGI SHERLAR » Ey g'ofil banda

Ey g'ofil banda

Sinovlarga yengilma, o'tkinchi bu dunyodir,
Yolg'izman deb kuyinma, mo'jialar ro'yodir.
Fikrlaringni jamlab, o'ylagin oqilona,
"Olloh" sening qalbingda, hamisha g'oyibona.

Umidingni so'ndirmay, so'ragin chin yurakdan,
Xolis niyatlar ila, bajo bo'lar tilakdan.
Yahshi-yomon kuningda hamdu sanolar aytgin,
Ibodatga bosh egib, nafsing izmidan qaytgin.

Har ne'matga shukr qil, nolimasdan zikr qil,
Qur'oni yuzga surtib, eng yaqin do'sting deb bil.
G'animatmiz birodar, kanda qilma savobni,
Shior etib muxrla, berilgan bir tavobni.

Shahdam qadamlar tashlab, Haq yo'lidan chopgin,
Jannatning kalitini namozdan izlab topgin.
Oz vaqtingni qizg'onmay, salovatni ko'p so'zla,
Payg'ambarmiz yod aylab, shafoatlarin ko'zla.

Uch kunlik hayoting ham, uch deganda o'tadir,
Tavba tazarrularing, go'rdan qayga yetadir.
Shohmisan, gadomisan borar joying bir makon,
Qarimisan, yoshmisan ajal kutmaydi tamom.



«Ey g'ofil banda»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]