Главная » YANGI SHERLAR » Ey odamzod

Ey odamzod

Ey odamzod shoshmasdan,
Ortingga boq qayrilib.
Daryo kabi toshmasdan,
Joningdan qolma ayrilib.

Sarob ketidan quvma,
Ajal bilan yonma-yon.
Ko'ngil uyini buzma,
Baxtingga yetar ziyon.

Qaytar dunyo deydilar,
Qalbga yetqazma ozor.
Mehr ko'zda deydilar,
Taqsimiga bo'l sazovor.

Duolarning jilosi,
Dilni etar tarannum.
Tilovatning navosi,
Olamni aylar mamnum.

Hayot bir bor berilar,
Ado etgin farzingni,
Umrni vaqt yemirar,
Tezda uzgin qarzingni.



«Ey odamzod»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]