Главная » YANGI SHERLAR » G'iybatchilar, hormanglar!

G'iybatchilar, hormanglar!

Salom bering va lekin
Yaqiniga bormanglar.
Assalomu alaykum,
G'iybatchilar, hormanglar!

Erkaksifat xotinlar,
Xotinsifat erkaklar.
Xabari yo'q o'zidan,
Ko'ringanni ermaklar.

To'qiyvering gap-to'rlar,
O'zingizdan ortmanglar.
Assalomu alaykum,
G'iybatchilar, hormanglar!

Pismiqlar, muloyimlar,
Ay, siz irkit jo'jalar,
Ay, bekorchioyimlar,
Ay, bekorchixo'jalar!

Menga qolsa barini
Birma-bir bosar edim.
Kattaroq bir asbobga
Tilidan osar edim.

Zamon ko'tarmas lekin
Mayli, yaqin bormanglar.
Assalomu alaykum,
G'iybatchilar, hormanglar!



«G'iybatchilar, hormanglar!»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]