Popup

Главная » YANGI SHERLAR » Go'zal

Go'zal

Go'zal
Qorong`i kechada ko`kka ko`z tikib,
Eng yorug` yulduzdan seni so`raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: «Men uni tushda ko`raman.
Tushimda ko`ramen, shunchalar go`zal.
Bizdan-da go`zaldir, oydan-da go`zal.

Ko`zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlaymen oydan-da seni so`rmoqqa,
Ul-da aytadirki: «qizil yonoqqa.
Uchradim tushimda, ko`milgan oqqa.
Oqqa ko`milganda shunchalar go`zal,
Mendan-da go`zaldir, kundan-da go`zal!..»

Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o`tganda so`rab ko`ramen.
Aytadir: «Bir ko`rib, yo`limdan ozib,
Tohu toshlar ichra istab yuramen!.
Bir ko`rdim men uni : shunchalar go`zal!..»
Oydan-da go`zaldir, kundan-da go`zal.

Ul ketgach kun chiqar yorug`lik sochib,
Undan-da so`raymen sening to`g`ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir: «Bir ko`rdim, tushdamas o`ngda.
Men o`ngda ko`rganda shunchalar go`zal,
Oydan-da go`zaldir… mendan-da go`zal!



«Go'zal»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]