Главная » YANGI SHERLAR » Hayot sabog'in topdim

Hayot sabog'in topdim

Ne uchun dilim maxzun ne istashin bilmayman,
Qayga eltar bu yo'llar, poyoniga yetolmayman.
Gohi shodlik gohi g'am, qumsab turar har qadam,
Hayot shu bilan qiziq, davom etarkan shaxdam.

Kimda bor-u kimda yo'q, kurashib yasharkanmiz,
Ko'ngil bo'lmasa ham to'q, ko'nikib ketarkanmiz.
Tangrim bir o'tinchim bor, iymonimdan ayirma,
Armonlarga ko'mdirib, qanotimni qayirman.

Xusumatim yo'q aslo, mustasnoman hasaddan,
Yiroqdaman kibrdan, ig'vodan-u g'iybatdan.
Ba'zan kulib yig'ladim, goh qoqilib goh turdim,
Hayot sabog'in o'tab, uzoq -uzoq o'y surdim.

Ikki yo'ldan birini ixtiyor-la tanladim,
Odamiylikni unutmay,yashash tarzin angladim.
O'zimni dono tutib, Daxo deb bilmagayman,
Kechgan umr daftarin, mag'zin chaqib qolgayman.



«Hayot sabog'in topdim»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]