Главная » YANGI SHERLAR » Hind qizi

Hind qizi

Ayb aylamang do'st-u yaqin,
Yomon hayol surmang tag'in.
Telba bo'ldim, shu sababin,
Ko'zim tushib oy yuziga,
Oshiq bo'ldim hind qiziga.

Aytsam dilimning sirini,
Shaydo etdi Asirini.
Misli xanjar Kiprigini,
Sanchdi Tanam ildiziga,
Oshiq bo'ldim hind qiziga.

Olib qo'ydi halovatim,
Sog'inchlarga yo'q toqatim.
Bir ko'rishda shu zaxoti,
Uchib yurakning so'ziga,
Oshiq bo'ldim hind qiziga.

Kutulmagan bir tasodif,
Shu holatga bo'ldi sabab.
Yuragimni o'tga qadab,
Nogoh boqib qosh ko'ziga,
Oshiq bo'ldim hind qiziga.

Chorasiz ne qilay endi,
Bilmam ko'zim qayda edi.
Shuncha o'zbek qiz kammidi?
Yurak chog' qazdi o'ziga,
Oshiq bo'ldim hind qiziga.

Qo'lda qalam yonar kuyib,
Dilda alam yorni suyib.
Xudoyberdi ko'ngil qo'yib,
Bollywoodning yulduziga.
Oshiq bo'ldim hind qiziga...

Xudoyberdi To'ychiyev



«Hind qizi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]