Iltijo

Iltijo

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Iltijo
  • Дата релиза: 15-09-21, 20:46
Iltijo
O‘zing fikru-yodim band etib qo‘ygin,
Tunu-saharimda senga talpinay.
Chorla, suhbatlashay bir dildan to‘yib,
Ajru-himoyatlar so‘rab o‘tinay.

Hamd va yana shukrim etgin ziyoda,
Eng oliy orzuim jannatda vasfing.
Munosib yashatgin yolg‘on dunyoda,
Gunohim avf etgin, keliblar rahming.

Senga bo‘lgan mehru-muhabbatimni,
Yanayam olovlat, yanada oshir.
Biror kun unutsam salovatimni,
Ko‘nglimni bedor et, aqlimni shoshir.

O‘zingni shunchalar sevdirib qo‘yki,
Mahsharda Razzoq bo‘l, shunda xayolim.
Munosib bir banda bo‘layin toki,
O‘zingdan zavolim yoki kamolim.

Chorlayver iymonga o‘zimni topay,
Halovat topsin bu ozurda ko‘ngil.
Dildan kibru hasad nishini chopay,
O‘zingga bog‘lanib qolayin butkul.

To abad bir senga ehtiyojim bor,
Sira tashlab qo‘yma, o‘zim holimga.
Noshukrlar kabi qilmagin zinxor,
Bir kuni vijdon-la boray o‘limga.

Ehson, hidoyatda aslo qilma kam,
Odamki sodiqdir va’da, ahdiga.
Ming shukr, muyassar etding o Egam,
O‘zinnga qul bo‘lmoq oliy baxtiga.

Dilobar Uralova

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: