Главная » YANGI SHERLAR » Inson farishta yo shayton
Inson farishta yo shayton

Inson farishta yo shayton

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Inson farishta yo shayton
  • Дата релиза: 26-11-20, 00:41
Inson farishta yo shayton
Olloh mo'jizasiga guvox,
Ona qornida to'lg'oq.
Taqdiri bitilgan chog',
Tug'ilar bir chaqoloq.

Oy yuzida yo'qdir dog'.
Gunohsiz oq sutday pok.
To'rt muchali soppa- sog',
Qora ko'zi ko'zmunchoq.

Duolar ijobat kun,
Fayzga to'ldi xonadon.
Qayg'ular nari bugun,
Sevinchlar kezar osmon.

Gox turtinib gox yiqilib,
Yillar o'tib ulg'aydi.
Sinovlardan yengilib,
Xazon kabi so'lg'aydi.

Nafsin jilovin tortmay,
Bag'ri zuqumga to'ldi.
Kayfu-safodan ortmay,
Boshiga balo soldi.

Tinch qo'rg'oni bor edi,
Yonida yori xalak,
Dardiga darmon edi,
Endichi kimga kerak.

Ikki qo'lida su'rat,
Onasin siypab dodlar.
Qiynab alamli g'urbat,
Mag'lub g'animni boplar.

Yolg'izlik etar xalok,
Yashashdan maqsad yo'q.
Suaynchig'i hayf nopok,
Quchog'i to'la aroq.

Qilmishlari bir talay,
Afsusdan yig'lar mudom.
Illatga sherik malay,
Yo'qoldi abad orom.

Qarang bitta ermak deb,
Umr yo'llari chalkash.
Xarom lo'qmani yeb,
Og'u dardiga yo'ldosh.

Bir zamonlar qariya,
Farishtaga o'xshardi.
Shaytonga xirsin qoya,
Baxtin botqoqga qordi.

Yusupova Zulfiya.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: