Главная » YANGI SHERLAR » Jannatdan joy olaylik 2019

Jannatdan joy olaylik 2019

Umr g'aflatga botmay,
Orzu sarobga yetmay,
Bevaqt ajalni kutmay,
Jannatdan joy olaylik.

Xilvat ko'chada adashmay,
Oson tuzoqqa tushmay,
Iblis izmiga shoshmay,
Jannatdan joy olaylik.

Onani boshda ko'tarib,
Qoshida bardam turib,
Ulug' yoshlarda qarib,
Jannatdan joy olaylik.

Vatan tuyg'usin tuyib,
Jonidan aziz suyib,
Iymonni qalbga o'yib,
Jannatdan joy olaylik.

Sajdaga boshlar tegib,
Tikka qadlarni egib,
Dunyodan savob yig'ib,
Jannatdan joy olaylik.

Yusupova Zulfiya



«Jannatdan joy olaylik 2019»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]