Главная » YANGI SHERLAR » Jigarlarimga

Jigarlarimga

Manzil uzoq borolmayman xech
Orzularni bo'lishsak deyman
Mayli xar kun bo'lmasa xam lek
Bir oyda bir ko'rishsak deyman

Sog'inchlardan to'lar yuraklar
Sog'inchlardan so'nar yuraklar
Xar kun sizni so'rar yuraklar
Bir oyda bir ko'rishsak deyman

O'ksik ko'ngil diydor istaydi
Xar lag'zada sizni qo'msaydi
Sog'inganim bilsangiz edi
Bir oyda bir ko'rishsak deyman

Jon jigarim yaqin do'stlarim
Og'ir kunda yelkadashlarim
Olisdagi qarindoshlarim
Bir oyda bir ko'rishsak deyman

Keling yaxshi kunlar eslaylik
Do'ppodek bir oshni damlaylik
Bir davrada gurunglashsaydik
Bir oyda bir ko'rishsak deyman

Manzil uzoq borolmayman xech
Choy ustida kulishsak deyman
Mayli xar kun bo'lmasa xam lek
Bir oyda bir ko'rishsak deyman

Muallif: Zohid Fayz



«Jigarlarimga»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]