Главная » YANGI SHERLAR » Jon bolam (Ona tilidan)

Jon bolam (Ona tilidan)

Jon bolam (Ona tilidan)
Mehr yiroqlashib ketgan u yerdan
Oqibat arigan dillardan
Yomon so‘z tushmaydi tillardan
Shaharga intilma jon bolam

Ko‘chasida to‘la yomonlar
Sherlar kam har yerda tulkilar
Ular o‘z izmiga seni solarlar
Shaharga intilma jon bolam

Hatto o‘z yaqinin sotarlar
Pul uchun jonidam kecharlar
Seni ham o‘ziday etarlar
Shaharga intilma qo‘y bolam

O‘zini osmonda bilarlar
Kibirga berilib yurarlar
Bir kuni kimligin anglarlar
Shaharga intilma jon bolam

Kechalar ko‘chada shaytonlar
O‘ziga izlaydi hamrohlar
U yerda ko‘p bo‘lar gunohlar
Shaharga intilma qo‘y bolam

Shaytoning kiyimin kiyishar
Go‘yoki shu moda deyishar
Beodob vafosiz hayosiz
Shaharga intilma jon bolam

Ayollar ibosin yuqotgan
Shirin so‘z odobin yuqotgan
Yolg‘onlar botqog‘iga botgan
Shaharga intilma jon bolam

Hammasi ham yomon emasdur
Shaharda ham ko‘pdir yaxsh
ilar
Ammo bo‘lmoq kerak ehtiyot
Shaharga intilma jon bolam

Qishloqning havosi o‘zgacha
Sodda dil odamlar boshqacha
Mehribondir to 100 yoshgacha
Shaharga intilma jon bolam

Muallif: Abdulla Murodulla



«Jon bolam (Ona tilidan)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]