Keldi

Keldi

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Keldi
  • Дата релиза: 08-11-20, 03:01
Keldi
Derazaga boqib bedor yotganimda
Ichim g'amga,anduhlarga botganida.
Qadirdonlar mehirni ham sotganida
Xabar olay deya,mana akam keldi,
Yuzi nurli mehribonim ukam keldi.

Sog'inchlarga maktub yozib tolgandimku
Kuta-kuta oxir so'lib qolgandimku.
Yolg'izlikka sekin-asta o'rgandimku,
Lekin mehri qolgan ekan,akam keldi
Jonajonim,qadirdonim ukam keldi.

Xazon kabi to'zg'ib ketgan hayotim bor
Shu hayotda suyanganim farzandim bor.
Ba'zan malham bo'lolmaskan suyukli yor,
Shunday damda singil deya akam keldi,
Ne xizmating qilay deya ukam keldi.

Ko'rgim kelib ko'z yoshlarim tiyolmayman
Jigarim deb ba'zan tunlar uxlolmayman.
Chaqirsa ham,labbay deya borolmayman,
Uzoq yo'lim yaqin qilib akam keldi
Xasratlarim eshtay deya ukam keldi.

Bir kulchani birga baham ko'rar edik
Bolalarcha samolarni quchar edik.
Goho ota-onamizdan dakki yerdik,
Shu kunlarni eslatay deb akam keldi,
Ish-yumushdan ortib mana ukam keldi.

Tush ko'rgandim:onam akang borar dedi
Aytaman xop ukang xabar olar dedi.
Bugun mana ko'rgan tushim o'ngdan keldi,
Singlim omonmisan deya akam keldi, Sog'indimku deya yana ukam keldi.

Dasturxonga borim qo'yib mehmon qilay
Palovni ham,sho'rvani ham tayyor qilay.
Xush kelibsiz sizlardan o'zim o'rgilay,
Sevinchlarim ko'rib qo'ying akam keldi,
Maqtardimku mana o'sha ukam keldi.

Jigar ila taomlanish rohat buncha
Bu kunlarni intiq bo'lib kutdim shuncha.
Mehringizga to'yib olay kun botguncha,
Singlim deya xabar olib akam keldi,
Opajonim sog'indim deb ukam keldi.

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza
Mir_ali...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: