Главная » YANGI SHERLAR » Ko'ngil qolmasin (2019)

Ko'ngil qolmasin (2019)

Ikki inson uchrashsa gar, ma'nfat ko'zlashar,
Qaxrab yotgan sog'inch emas, nafslar so'zlashar.
Xasad otiga minib, fursat poylashar,
Bo'xtonlarni yukin ortib,qaddin boylashar.

Xissiz tuyg'u g'amnok kundek umr o'tmasin,
Qalbga oziq bergan to'kin sevinch ketmasin.
Xayotning har lahzasidan orzu tolmasin,
Insonlarning bir-biridan ko'ngli qolmasin.

Ezgulikning nurin sochgan, hurmat topadi,
Durust otlar vaqti kelib, keyin chopadi.
Bir tabassum homush dilga mehr soladi,
Yaxshilarning nomi o'chmay, mangu qoladi.



«Ko'ngil qolmasin (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]