Главная » YANGI SHERLAR » Ko'p narsa kerakmas AYOL zotiga 2019

Ko'p narsa kerakmas AYOL zotiga 2019

Köp narsa kerakmas AYOL zotiga.
Menimcha bir tomchi mexr bölsa bas.
Nur bölsa qorong'u hayolotiga.
Menimcha boshqasi unga kerakmas.
Tilloga töldirmang barmoqlarini.
Baxtli bölish gumon boylikdan butkul.
Menimcha chog' etib dimog'larini.
Tonglari yostig'iga qöying atirgul.
Sevgi izxorlari hush yoqar biroq.
Oddiy bir kalomdan boshlari osmon.
"ISSIQ KIYINDINGMI KO'CHA SOVUQROQ.
SFN MENGA SALOMAT KERAKSAN ISHON !"
Mayli qozoniga gösht tushmas har kun.
Libos özgarmasin bir yilda bir bor.
Yelkangiz qizg'anmang suyanish uchun.
Turmushni mushtlari berganda ozor.
Ishoning köp narsa kerakmas unga.
Unutmang shishadan yasalgan köngil.
Bazida bir kulib qarashingizga.
Jonini bermasa mana men kafil.
Kimgadir kerakman deya yashasin.
Asrang qadrsizlik qiynoqlaridan.
Savob yozilarmish har bösa uchun.
Sizni duo qilgan dudoqlaridan !!!



«Ko'p narsa kerakmas AYOL zotiga 2019»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]