Kumushga

Kumushga

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Kumushga
  • Дата релиза: 29-10-21, 16:07
Kumushga
Men Kumushni yomon ko‘raman!
Guldan go‘zal suluv bo‘lsa ham.
Tushunsamda iztiroblarin,
Kiprimga kelmas zarra nam.

Anglamayman goho maqsadin,
Unda yo‘qmi rashk degan tuyg‘u?
Otabek va aybsiz Zaynabning
Kulfatlarin sababchisi u.

U men uchun qaxramon emas,
O‘zbekning bir ilojsiz qizi.
Bo‘lar hatto jonivorlarda
O‘z juftini qizg‘anish hissi.

Bo‘lsa hamki yetarli aqli
O‘tolmadi odamday yashab.
Kuydirgancha ota onasin,
O‘lib ketdi nomardga o‘xshab.

Bo‘lmasmidi og‘ir fojea,
Vazifasin anglab yetganda.
Eshitiboq kundosh xabarin,
Yor uyiga jo‘nab ketganda.

Xon qaxridan qo‘rqmagan ayol
O‘z ertasin g‘amin yemadi.
"Men rozi" deb shivirladiyu,
"Olib keting, begim" demadi.

Shirin yoki Ra’no deng mayli,
Uning ismin qo‘ymang qizlarga.
Ko‘nuvchanlik va qurbonlikda
Yaqqol o‘rnak bo‘lgan bizlarga...

SHAHNOZA RO‘ZIYeVA

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: