Главная » YANGI SHERLAR » Kundosh kerakmas (2019)

Kundosh kerakmas (2019)

Bezovtalanar yurak, ro'yxush bermas bir zumga,
Bir yostiqqa bosh qo'ygan, yor ko'ngli tusabdi jonon.
Quvnab bulbul sayramas, tushsa oltin qafasga,
Kemtik qalbim yayramas, yashasamda to'q shodon.

Ko'rsam har kun erimni, aylanaman otashga,
Rashkdan ado bo'laman, ichimda alam to'zon.
Bunchalar ham shavqatsiz olam ko'rinar ko'zimga,
Qadrim uchun yig'layman, quchmoqda abad armon.

Tillarim aylanmaydi," begim" degan so'zlarga,
To bora xiyonatdan dilim og'rinar yomon.
Tashvish kelsa mayliga, kundosh kelmasin uyga,
Tinch-totuv hayotimni, aslo qilmasin vayron.

Kuzatmay qadamlarin, ishonibman nodonga,
Aybim meni ildamroq, qilmabman nega gumon.
Sokin tunlar tatimas, ko'zim tolmas uyquga,
Kunlar yildek o'tmoqda, azobda qalbim hamon.



«Kundosh kerakmas (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]