Главная » YANGI SHERLAR » Kuz, Noyabr, soyabon va sen
Kuz, Noyabr, soyabon va sen

Kuz, Noyabr, soyabon va sen

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Kuz, Noyabr, soyabon va sen
  • Дата релиза: 25-11-21, 12:22
Kuz, Noyabr, soyabon va sen
Sovuqdan sarg‘ayib barglar to‘kilgan,
Bulutlar yig‘lagan, yig‘lagan osmon,
Xanuz bir xadikdan ko‘nglim o‘kingan,
Ko‘z yosh to‘kishingdan qo‘rqaman yomon.

Shaxarni yoritgan tungi chiroqlar,
Xamon xonangdagi chiroq o‘chmagan.
Vujudingni qamrab olar titroqlar,
Zulmatdan qo‘rquving sira ketmagan.

Sog‘inch ko‘zlaringni qirg‘og‘in yuvgan,
Ox yana bedorsan, bedor, intizor,
Tilinga kelmagan dilga ko‘milgan,
Xislar zanjirlagan isxorlaring bor.

Derazangni chertar yomg‘irlar yana,
Oynadan boqasan jimgina xomush.
Qulog‘ing tuymagan anchadan buyon,
Oromingni olgan mana shu tovush.

Kuz, Noyabr, soyabon va sen,
Va yana iligan bir finjon qaxva.
O‘tmish, kundalikka bitilgan bu eng,
Shirin xotiradir, o‘chmas saxifa.

Azizim o‘zingni yolg‘iz xis qilma,
Xali bu sog‘inchning kunlari bitar,
Diydor onimizga bir qadam qoldi,
Ikkimizni qaynoq choyxo‘rlik kutar..

Abdumutalib Ergashaliyev

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: