Главная » YANGI SHERLAR » Lolalar (2019)

Lolalar (2019)

Bahor kelganin ko'rib, xabaring yetib keldi,
Sevinchdan ko'nglim to'lib, sog'inchlar uchib yeldi.
Ketmoqdaman qir tomon, lolalar alvon-alvon,
Kutmoqdamisan meni, yo'llarim ravon-ravon.

Vasling ko'rmoqlik istab shamoldek uchib boray,
Diydoringga to'yib ko'p dilimni hushnud ko'ray.
Lolalarim-lolalar olisdan unsiz chorlar,
Cho'zib bo'ylarin qator quyosh nurida porlar.

Jamolingga termulib, hayollarga cho'marman,
Dardlarimni sochib ho'p, sog'inchimga ko'marman.
Quchib asta, avaylab, maqsadimga yetarman
Hidingdan bahra olib, hursand bo'lib qaytarman.

Yusupova Zulfiya.



«Lolalar (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]