Главная » YANGI SHERLAR » Loyiq emasdik

Loyiq emasdik

Loyiq emasdik
Sinib-sinib ketdi, chil-chil umidlar..
Hech narsa qolmadi qalbimda omon.
Dod dedi! Sharmisor bo'lib sukutlar,
Hammadan indamay ketganing yomon...

Ko'nardim, yetardi balki bardoshim,
Ketaring oldidan achchiq so'z desang.
Chidardim, izingda gullasa doshim,
O'tsang gunohimdan, bir bora o'tsang!

Uqubat yo'ymasdim sensizligimni,
Og'ritsang, koyisang dilginam qani.
Yomondaa.. tan olib mensizligingni,
Sen bekorga jim-jim ketmading aniq!

To'g'risi, negadir qilyapti alam,
Bir go'zal sevgining go'zal yakuni.
Endi men yo'q qalbing Haqqa omonat,
Asray olasanmi Haq uchun uni?

Bir ko'prik tiklading dengizlar aro,
Ruhlar olamida ko'kka tanilding!
Bahor yuragimga bo'ylabon safro,
O'zimni o'zimga o'ttiz tanitding!

Bir qadam qo'ymog'im og'ir sen uchun,
Bir qadam men tomon bosmog'ing xo'rlik!
Tan olish nomardlik bilsang dil uchun..
Biz unutilishga loyiq emasdik!

Gulnoza Alimjonova



«Loyiq emasdik»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]